Jahon banki mablag‘larini jalb qilgan holda, O‘zbekistonda raqamli inklyuziya asosida raqamli ish-joylarni yaratish, viloyatlardagi infratuzilmani rivojlantirish va raqamli eksportni rag‘batlantirish maqsadida Raqamli inklyuzivlik loyihasiga start berildi.
Shundan so‘ng delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv avvalida videorolik namoyish etilib, unda xorijiy IT kompaniyalar nega aynan O‘zbekistonni tanlayotgani, uning qulay muhiti, IT sohasi uchun yaratilayotgan qulay imkoniyatlar, soliq imtiyozlari haqida so‘z bordi.
Uchrashuv davomida yurtimizda barcha sohalarni IT bilan qamrab olishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Ushbu uchrashuvda mehmonlar tomonidan raqamli inklyuzivlik loyihasi doirasida amalga oshirish rejalashtirilgan ishlar taqdimoti ham o‘tkazildi.
O‘z navbatida, Jahon banki mablag‘larini jalb qilgan holda, O‘zbekistonda raqamli inklyuziya asosida raqamli ish-joylarni yaratish, viloyatlardagi infratuzilmani rivojlantirish va raqamli eksportni rag‘batlantirish maqsadida Raqamli inklyuzivlik loyihasiga start berildi.
Ma’lumot uchun: loyiha doirasida 6 mingdan ziyod yoshlarni o‘qitish, 25 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlarini yaratish, ITES (axborot texnologiyalariga asoslangan xizmatlar) markazlarini qurish va rekonstruksiya qilish, 200 dan ortiq xorijiy va mahalliy ITES (axborot texnologiyalariga asoslangan xizmatlar) kompaniyalarini jalb qilish va shu kabi boshqa yo‘nalishni qamrab olishi ko‘zda tutilgan.
Shundan so‘ng Toshkent shahridagi Inha universitetida “Raqamli transformatsiya kelajagi bo‘yicha navigatsiya” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Kristin Syan Toshkent shahridagi Inha universiteti, Amity, TATU va boshqa IT yo‘nalishidagi universiteti talabalari uchun ma’ruza qildi. Shu bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan uchrashuvda raqamli transformatsiya kelajagi bo‘yicha fikrlar bildirildi hamda muhokama va savol-javoblar o‘tkazildi.