audio

    Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari O‘zbekiston delegatsiyasi safida Jahon ta’lim forumida qatnashmoqda

    Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi delegatsiya London shahrida o‘tkazilayotgan “Jahon ta’lim forumi – 2024” (The Education World Forum 2024) da ishtirok etmoqda.

    Tadbirda 100 dan ortiq davlatlarning ta’lim, texnologiya vazirlari hamda davlat va xususiy tashkilotlar rahbarlari va yirik texnologik kompaniyalar (Google, HP, Qualcom, Microsoft va h.k.) qatnashmoqda. 

    Londonda bo‘lib o‘tayotgan butunjahon ta’lim forumining bu yilgi asosiy mavzusi jadal rivojlanayotgan sun’iy intellekt va raqamli texonologiyalarni ta’limga tizimidagi roli va muhimligi haqida bo‘lmoqda. 

    Yoshlar kelajakda IT sohasida ishlashi yoki ishlamaligidan qat’iy nazar raqamli va suniy intellekt texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanishni hozirdan o‘rganishlari zarur. 

    Yoshi kattalar esa o‘z sohalarida raqobatbardosh bo‘la olishlari uchun raqamli va suniy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishni o‘rganishlari kerak bo‘ladi.

    Tadbir Buyuk Britaniyaning ta’lim vaziri Djillian Kigan tomonidan ochib berildi hamda spikerlar tomonidan ma’ruzalar tashkil etildi.

    O‘z navbatida vazir o‘rinbosari sun’iy intelektning istiqbollari va taʼlimga kelajakdagi taʼsiri haqida nutq so‘zladi.

    Shuningdek, forumning birinchi kunida boʻlib oʻtgan yalpi majlisda taʼlimga yangi metodikalarni joriy etish, sunʼiy intellektdan foydalanish, taʼlim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

     London safaridan asosiy ko‘zlangan maqsadlar:

    – O‘zbekistonning IT salohiyatini Britaniyaning nufuzli OTMlari va IT kompaniyalariga namoyish etish;

    – O‘zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, IT ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishtirish;

    – Britaniyada mavjud yirik IT kompaniyalarni O‘zbekiston IT bozoriga olib kelish hamda hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirish.

    Tashrif davomida Buyuk Britaniyaning bir qator yetakchi IT kompaniyalari va IT ta’lim tashkilotlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar olib borish hamda hamkorlik o‘rnatish rejalashtirilgan.


    • view_icon 214
    : 2024-05-23 09:42:12