audio

    Inha universitetida Internetni o‘lchash kuni bo‘lib o‘tdi

    Toshkent shahridagi Inha universitetida RIPE NCC mintaqaviy Internet reestri tomonidan ICANN korporatsiyasi bilan hamkorlikda va Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati ko‘magida tashkil etilgan Internetni o‘lchash kuni bo‘lib o‘tdi.

    Internetni oʻlchash kuni Sharqiy va Markaziy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida toʻrtinchi yil oʻtkazilayotgan bir qator tadbirlardir.

    Tadbirda tarmoqning barqaror rivojlanishi va ishlashini ta’minlash, uning sifati va xavfsizligini oshirish, xususan, domen nomlari, IP manzillar, marshrutlash muammolari va internetga ulanishni ta’minlash maqsadida internet tadqiqotlarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

    Qayd etish joizki, mazkur tashabbus 2023-yilda “RIPE” MKM va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zbektelekom” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida amalga oshirilmoqda.


    • view_icon 1032