Toshkent shahridagi School 21 kampusida IT-mutaxassislarni bepul tayyorlash bo‘yicha qabul boshlandi. Akademiya Toshkent shahridagi Inha universiteti hududida ochilmoqda. Maktabning ochilishi va birinchi saralash bosqichi 2024-yil 26-avgustga rejalashtirilgan. Toshkentdagi kampusda har yili 1500 dan ortiq mutaxassislar o'qitilishi maqsad qilingan.
School 21 – bu O‘zbekiston va unga yaqin mamlakatlarda istiqomat qiluvchi 18 yoshdan oshgan fuqarolarga IT sohasida talab yuqori bo‘lgan kasbni bepul egallash imkonini beradigan raqamli texnologiyalar maktabi hisoblandi. Ushbu loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan amalga oshirilmoqda.
Bugun, 30-may kuni ushbu maktabning Toshkent shahridagi kampusi faoliyati hamda uning IT mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha rejalari bilan tanishtirish maqsadida jurnalistlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirok etdi.
Vazir o‘rinbosari o‘z nutqi davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksportini 5 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilingani, bunga erishish uchun IT infratuzilmasi va unga mos bo‘lgan IT akademiyalarni ham ko‘paytirib borish, jumladan, dastlab faoliyati Samarqand shahrida yo‘lga qo‘yilgan School 21 IT maktabini endilikda Toshkent shahrida ham ochish muhim qadamlardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu akademiyaning ochilishi yurtimizda IT-ta’im va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shishi aytib o‘tildi.
Shuningdek, matbuot anjumani davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar taqdim etildi.
Esalatib o‘tamiz, School 21'da o‘qish istagini bildirganlar ushbu sayt orqali ariza topshirishlari hamda batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.