audio

    Vazir Qorako‘l tumanida tashkil etilgan Acharya universitetiga borib uning faoliyati bilan tanishdi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Hindistonning Acharya institutlar tarmog‘i bilan hamkorlikda Qorako‘l tumanida tashkil etilgan Acharya universiteti faoliyati bilan tanishdi. 

    Tashrif davomida universitetda yoshlarga ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, sinf xonalari, laboratoriyalar, universitetning test markazi, u yerda olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

    Shu bilan birga, tumanda Acharya universitetining faoliyatini kengaytirish maqsadida yangi qurilayotgan binoning qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.


    • view_icon 339