audio

    Tojikiston TIV vakili bilan samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishildi

    Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bosh konsullik boshqarmasi boshligʻi Baxodur Safarzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida O. Pekos Tojikiston davlatimiz uchun yaqin davlat ekanini bildirib, elektron hukumat sohasida tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

    Shu bilan birga, MyID tizimidan foydalanish, uning afzalliklari haqida so‘z bordi hamda mehmonlarga ushbu tizimdan elektron xizmatlar olish uchun xizmat ko‘rsatish markaziga bormasdan foydalanishning barcha qulayliklari tushuntirib berildi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikda o‘zaro tajriba almashishga tayyor ekanliklarini bildirdi hamda samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

    Uchrashuvdan soʻng delegatsiya Yagona integrator – UZINFOCOM koʻrgazma zaliga tashrif buyurib, kompaniyaning loyiha va faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldi.

     


    • view_icon 536
    : 2024-06-06 16:28:20