audio

    IT-Bilimlarini rivojlantirish markazida "Marubeni Corporation" bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Yaponiyaning “Marubeni Corporation” kompaniyasi va IT Bilim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yapon kompaniyasining vakillari IT Bilim rahbariyati bilan kelajakda olib boriladigan loyihalar va hamkorlik ishlarini muhokama qilishdi. 

    Marubeni korporatsiyasi 160 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan Yaponiyaning eng yirik savdo kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya tabiiy resurslar va qazilma materiallari bilan ishlash kabi ko‘plab faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. So‘nggi yillarda tashkilot IT-sohasiga ham katta e’tibor qaratmoqda.

    IT Bilim Marubeni kompaniyasiga O‘zbekiston hududida o‘z faoliyatini boshlashga, yangi loyihalarni amalga oshirishiga, hamda korporatsiyaga malakali xodimlarni jalb qilishda yordam beradi. Bu esa mamlakatimizda yangi ish o‘rinlarining ochilishi, yoshlarning ish bilan ta’minlanishi hamda zamonaviy texnologiya va amaliy tajribalarning kirib kelishidan dalolat beradi.


    • view_icon 365