audio

    Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida IT-sohasida hamkorlik mustahkamlamoqda

    24–26-iyul kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Uzbekistan-Türkiye Business Forum” tadbiri doirasida Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan “Bilkent CYBERPARK” bosh direktori Faruk Inaltekin mamlakatimizga amaliy tashrif bilan keldi.

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv doirasida Faruk Inaltekin biznes-forumga tayyorgarlik jarayonlari haqida maʼlumot berdi.

    Shuningdek, uchrashuvda erishilgan natijalar IT-kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash dasturlari va mamlakatning kadrlar salohiyati haqida maʼlumot taqdim etildi. 

    “Bilkent CYBERPARK” vakili Turkiyaning yirik texnologik kompaniyalarini “Global Business Services Forum” tadbiriga taklif qilishni rejalashtirilayotgani, bu esa Turkiya korxonalarining Oʻzbekiston bozoriga va kelgusida hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga boʻlgan qiziqishining yuksakligidan dalolat berishini ta’kidladi. 

    Forumda IT Park rezidentlari “Uzbekistan-Türkiye Business Forum”da ishtirok etib, turk kompaniyalari vakillari uchun oʻz mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishga kelishildi.

    Uchrashuv yakunida kompaniya vakili global korporatsiyalar bilan investitsiyalar, bank, konsalting va boshqa sohalardagi xalqaro hamkorlik katalizatorig aaylanadigan “Enterprise Uzbekistan” Raqamli texnologiyalar xalqaro markaziga qoʻshilishga ham qiziqish bildirdi.

    Shuningdek, “Uzinforom” Yagona integratori jamoasi Faruk Inaltekinga davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi oʻz mahsulotlari — “MyGov” platformasi, “MyID” biometrik identifikatsiya tizimi va boshqalarni taqdim etdi.

    “BilkentCYBERPARK” bosh direktori davlat sohasida raqamli ekotizimning yetuklik darajasini qayd etib, bu borada tajriba almashishga qiziqish bildirdi.

    Ma’lumot uchun: “Bilkent CYBERPARK” – Turkiyaning eng yirik texnoparklaridan biri boʻlib, maydoni qariyb 135 000 m² ni tashkil etadi, u turli sohalardagi 300 dan ortiq yetakchi ilmiy-tadqiqot kompaniyalarini, shuningdek, 4 ta tadqiqot markazi, 1 ta mikronanochip ishlab chiqarish zavodini oʻzida birlashtiradi. Texnoparkda 5400 nafardan ziyod xodim faoliyat yuritadi.

    • view_icon 913
    : 2024-07-04 13:43:13