audio

    Acharya universiteti 50 nafar yoshlarga grant ajratadi

    “Acharya” universiteti strategik jihatdan Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida joylashgan boʻlib, Oʻzbekistonning kelajakdagi boʻlajak "kremniy habi" hamda Markaziy Osiyo uchun IT klaster markazi sifatida belgilab berilgan.

    IELTS sertifikati talab etilmaydi. 3 oy ichida B1 darajasiga erisha oladilar. Shuningdek, bepul noutbuklar beriladi. 

    Universitet bitiruvchilari Xalqaro diplom va sanoat sertifikati sanalgan IBM, INTEL, MICROSOFT sertifikati topshiriladi hamda ular kafolatlangan ish bilan taʼminlash imkoniyatiga ega boʻladilar. 

    Acharya universiteti tomonidan respublikamizning barcha hududlaridagi abituriyentlarga taqdim etilayotgan 50 ta grantdan birini qoʻlga kiritish istagida boʻlganlar quyidagi google forma orqali ariza qoldirishlari mumkin:

    https://forms.gle/29WJvyJUu122ZL9D8

     

    “Acharya” universiteti strategik jihatdan Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida joylashgan boʻlib, Oʻzbekistonning kelajakdagi boʻlajak Silikon vodiysi uchun joy sifatida belgilab berilgan.

    Tumanning dinamik muhiti, yuqori darajadagi matematik bilimga ega kadrlar zaxirasi bilan tuman Acharya kabi axborot texnologiyalariga yoʻnaltirilgan universitet uchun mukammal joydir.

    Bepul oʻquv materiallari bilan birga oʻquvchilarga bepul noutbuklarida beriladi. Talabalarning har birida login identifikatori boʻladi. Universitet talabalarida Buxorodan turib Hindistonning Bangalor shahridagi Acharyaʼning yirik texnologik kutubxonasidagi 1 million onlayn elektron kitoblardan foydalanish imkoniyati mavjud.

    IELTS sertifikati talab etilmaydi. 3 oy ichida B1 darajasiga erisha oladilar. Sanoat sohasidagi hamkorlik talabalarning faqat hukumat qoidalari bilan emas, balki ish beruvchilar tomonidan belgilanadigan mehnat bozori talablariga moslashtirilgan taʼlim olishlarini taʼminlaydi. Talabalar ixtiyoriy ravishda yozgi taʼtil paytida klasterdagi kompaniyalar bilan kampusda stajyor-amaliyotchi sifatida ishlashlari mumkin.

    Qolaversa, “Acharya” universiteti dunyoning yirik IT kompaniyalari bilan hamkorlikka ega boʻlib, bu ularning tajribasi, resurslari va ilgʻor sanoat amaliyotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri darslarda sinash va oʻrganish imkonini beradi.

    Universitet bitiruvchilari Xalqaro diplom va sanoat sertifikati sanalgan IBM, INTEL, MICROSOFT sertifikati topshiriladi hamda ular kafolatlangan ish bilan taʼminlash imkoniyatiga ega boʻladilar.

    Qanday garantlar mavjud?

    Ushbu taʼlim maskanida tahsil olish uchun 100 ta grant ajratilgan boʻlib, unda munosib deb topilgan talabalar, ayniqsa qizlar foydalanishlari mumkin.

    100ta 100% grant — kirish imtihonlarida qatnashgan barcha talabalar ushbu grantda ishtirok eta oladilar. 100%lik grantlarga nomzodlar suhbatdan orqali tanlanadi. Bu 1-kurs uchun boʻlib, agar talaba oʻzining akademik koʻrsatkichlari, odob-axloqi va davomat talablarini bajarsa, grant keyingi kurslar uchun ham davom etadi.

    Shuningdek universitetda oʻqituvchilarning farzandlari uchun grantlar ajratilgan. Bu oʻqituvchilik sohasida nafaqaga chiqqan yoki hozir ishlayotgan oʻqituvchilar farzandlariga amal qiladi.

    Sportchilar uchun grantlar esa oʻquvchi talablarga mos kelgandagina beriladi, yaʼni, talaba ushbu grant uchun oʻz maktabini viloyatda bosqichida, oʻz viloyatini Respublika bosqichida, yoki, oʻz davlatini xalqaro miqyosda sport musobaqasida himoya qilgan boʻlsa va kerakli dalillar, hujjat va diplomlarni universitetga hujjat topshirish jarayonida taqdim etish orqali olishi mumkin. Ushbu grant universitet sharafini keyingi musobaqalarda himoya qilish sharti bilan beriladi.

    Xalqaro taʼlim dasturlari:

    1-kurs talabalari uchun Hindistonning Bangalor shahridagi Acharya universiteti kampusida 2 haftalik taʼlim dasturi mavjud. Dastur asosida talaba parvoz, yoʻl, viza va shaxsiy xarajatlarni qoplaydi. Universitet esa bepul turar joy, oziq-ovqat, Bangalorning diqqatga sazovor joylariga sayohat, 2 ta sanoat sayohati,4 ta sanoat maʼruzasi, Microsoft sertifikati, madaniy tajriba hamda AI, D.S, kiber-xavfsizlik, Game Dev boʻyicha darslarni bepul taqdim etadi.

    2-kurs talabalari uchun Singapurning Jeyms Kuk universiteti kampusida 2 haftalik 3-kurslar uchun esa AQSh, Virjiniya shtatidagi Old Dominion universiteti kampusida 2 hafta taʼlim olish imkoniyati mavjud.

    Almashinuv dasturi sifatida tanlash uchun hamkorlik qiluvchi universitetlar roʻyxati:

    Tailand — Osiyo Texnologiya instituti; Malayziya — Osiyo Tinch okeani universiteti, Malaya universiteti; Dubay — RIT — Rochester texnologiya instituti; Jakarta, Indoneziya — Universitas Budi Luxur; Germaniya — Xoff universiteti. Sanoatda 3-kursdan keyin majburiy amaliyot. Bunda universitet yordam beradi. Bu 3 haftaga moʻljallangan amaliyotdir. 4-kursda 6 haftalik majburiy amaliyot mavjud.

    Kirish imtihonlari

    Kirish imtihonlari 3 qismga boʻlingan — matematika, mantiqiy va ingliz tili (bazaviy daraja).

    Matematika imtihoni uchun 40 ball, mantiqiy imtihoni uchun 40 ball va ingliz tili uchun 20 ball beriladi. Matematika va Mantiqiy savollar oʻzbek tilida boʻlib, oddiy test shaklidadir. Imtihon 3 soat davom etadi.

    Test sinovidan oʻta olmagan talaba qoʻshimcha toʻlovsiz ikkinchi marta imtihon topshirishi mumkin. Buning uchun oʻquvchi call-markaziga imtihonni qayta topshirish uchun murojaat qilishi, va sms/telegram orqali yuboriladigan imtihonga kirish ruxsatnomasini olishi va roʻyxatga olish raqamini operatorga aytishi kerak.Oʻquvchi kirish imtihonini uch marta topshirish huquqiga ega. Talaba baʼzi muqarrar holatlar tufayli imtihon sanasini oʻtkazib yuborsa, call-markazga qoʻngʻiroq qilib, oʻsha roʻyxatga olish raqami bilan imtihon sanasini oʻzgartirishi mumkin. Natijalar 48 soatdan keyin eʼlon qilinadi. Agar talaba arizani toʻldirishda qiynalsa, u call-markazdan yordam soʻrashi mumkin.

    Universitet hayoti

    Darslar 2024-yil 9-sentyabrdan boshlanadi. Darslar 5 kun davom etadi va shanba kuni bepul qoʻshimcha darslar yoʻlga qoʻyilgan. Universitetda Buxoro – Qorakoʻl yoʻnalishida avtobus xizmati ham mavjud. Universitetda xorijiy oʻqituvchilar tomonidan eksklyuziv ingliz tilida taʼlim beruvchi muhit yaratilgan. Talabalar oʻqish davomida 1000$gacha daromad olishlari mumkin boʻlgan inkubatsiya markazi va startaplar mavjud. Shu bilan birga talabalar sport, sanʼat, yoga, Bollywood raqslari, texnik kurslar, audit kurslarini taʼlim jarayonining asosiy fanlaridan biri sifatida oʻrganish mumkin.

    Talabalar davomati muhim. Barcha talabalarning har birida proktor/mentor boʻladi. Kampusda karyera va kasblar boʻyicha maslahatchi mavjud. Talabalar uchun yozgi kurslar mavjud. Yozgi kurslar oʻquv rejasining bir qismi emas. Ular sanoatdan (kompaniyalar) boʻlishi mumkin va bepul repetitorlik sifatida taqdim qilinadi. Ichki sertifikatlash bepul, lekin agar talabalar sanoat sertifikatiga muhtoj boʻlsa, toʻlov tashqi sanoat tomonidan taqdim etilgan miqdorda boʻladi.

    Universitet talabalarni tilni yaxshi bilishlari uchun Universitet hududida ingliz tilida gaplashishlarini talab qiladi. Universitet talabalarni “Youth Leadership Program” forumlarida ishtirok etishlariga undaydi. Talabalar oʻquv dasturining bir qismi sifatida audit kurslarini olishlari shart.

     


    • view_icon 640
    : 2024-07-09 11:02:54