audio

    2024-yilning 2-choragida necha kishi IT sertifikatga kompensatsiya oldi?

    2024-yil 2-choragi davomida esa 300 nafarga yaqin yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar uchun sarf qilgan xarajatlari qoplab berildi. Shundan 94% erkaklar, 6% ayollarni tashkil qiladi.

    20 nafar xalqaro IT-sertifikatga ega yoshlarning xarajatlari esa 100% qoplab berildi.

    Sertifikat olgan yoshlar soni hududlar kesimida oʻrganilganda 1-oʻrinda Samarqand, 2-oʻrinda Navoiy va 3–oʻrinda Toshkent shahri ekanligi aniqlandi.

    2024-yil 2-chorak natijalariga koʻra, Courserada oʻqiganlar ulushi ko‘proq bo‘ldi. Roʻyxatda ikkinchi oʻrinni Qwasar Silicon Walley sertifikati egallab turibdi. Bundan tashqari Cisco va Oracle sertifikatlari ham oʻzbekistonlik yoshlar orasida talabgir sertifikatlardandir.

    Eng ko‘p qiziqish bildirilgan TOP-5 xalqaro IT-sertifikatlar esa quyidagilar:

    Specialization Python 3Programming

    Professional certification 'Frontend Developer (Meta)

    Professional certification 'Backend Developer (Meta)

    Specialization Microsoft 365 Fundamentals

    Full Stack Development


    • view_icon 1350