audio

    Marubeni kompaniyasi vakili bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yaponiyaning Marubeni kompaniyasi vakili Takeshi Vatanabe bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

    Shuningdek, kompaniya vakillariga O‘zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

    Shu bilan birga, uchrashuv davomida investitsiya muhitini yaxshilash, IT eksport hajmini oshirish borasida takliflar ko‘rib chiqildi.

    Shuningdek, BPO hamda zamonaviy kasblarnini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

    Marubeni kompaniyasi bilan birga hamkorlikda IT sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash masalalariga аlohida e’tibor qaratildi.

    Uchrashuv yakunida kompaniya rahbari global korporatsiyalar bilan investitsiyalar, bank, konsalting va boshqa sohalardagi xalqaro hamkorlik katalizatorig aylanadigan “Enterprise Uzbekistan” Raqamli texnologiyalar xalqaro markaziga qoʻshilishga ham qiziqish bildirdi.

     


    • view_icon 1140