audio

    Dasturlash bo‘yicha Respublika chempionati o‘tkazildi

    IT-Park va Uzinfocom’ning Xorazm filiallari dasturlash bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi.

    Chempionatga "Kharezmi Tech" kompaniyasi homiylik qildi.

    Sovrin jamg‘armasi 40 mln so‘m bo‘lgan mazkur musobaqaning birinchi bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan jami 1000 ga yaqin maktab o‘quvchilari qatnashib, ulardan eng bilimli 40 nafar o‘quvchi final bosqichiga yetib keldi. 

    Mazkur chempionatning maqsadi iqtidorli yoshlarni saralash, jahon olimpiadalariga tayyorlash, IT sohasi va mahsulotlari eksportini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan kadrlarni yetishtirishdir. 

    Ushbu chempionat 2026-yil maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Informatika bo‘yicha jahon olimpiadasi uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

    Ma’lumot o‘rnida, chempionat kep.uz platformasi orqali tashkillashtirilgan bo‘lib, platforma olimpiada masalalarini yechish, tayyorgarlik ko‘rish va dasturlashni o‘rganishga xizmat qiluvchi birinchi milliy platforma hisoblanadi.


    • view_icon 817