Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Chimboy tumanidagi “O‘zbektelekom” binosida tashkil qilingan BPO markazga tashrif buyurdi.
Ma’lumki, respublikada IT-xizmatlar autsorsingini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda, bunda BPO yo‘nalishi muhim o‘rin tutadi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida BPO mutaxassislari faoliyati bilan yaqindan tanishish va ularning sonini ko‘paytirish maqsadida Vazir Chimboy tumanidagi “LearnCode IT Academy” asoschisi Kenjebayev Alisher va “SBD IT SOLUTIONS” asoschisi Seytkamalov Baxadir bilan suhbat olib bordi.
Suhbat dovmida, Chimboy tumanida raqamli ish o‘rinlarini yaratish, jumladan, yoshlar salohiyatini oshirish uchun IT-xizmatlar va biznes-jarayonlar autsorsingi (BPO)ni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.