audio

    Nukusda “Data live Сenter” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada mukammallashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi doirasida Qoraqalpoq Davlat universitetida tashkil qilingan Inkubatsiya markazida faoliyat olib borayotgan “Data live Сenter” korxonasi bilan tanishdi.

    Vazir “Data live Сentre” tomonidan hozirda ishlab chiqilayotgan GIS loyihasini ko'zdan kechirib, ushbu loyihani to‘liq bajarilishi bo‘yicha tegishli takliflarni berib o‘tdi.

    Vazir tomonidan ushbu loyiha dolzarbligi, loyihani yanada mukammallashtirish maqsadida “O‘zbekkosmos” agentligi bilan ishlash, shuningdek, sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan “ICT Week” AKT haftaligiga ushbu loyihalar bilan qatnashish taklifi bildirildi.

    “Data live Centre” hozirda Tatariston Respublikasi bilan 1 million dollarlik shartnoma imzolagan va hozirda ushbu loyiha ustida ishlamoqda.

     


    • view_icon 357