audio

    Vazir IT Park rezidenti “Sitelabs company” ofisiga tashrif buyurdi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Namangan shahrida joylashgan IT Park rezidenti “Sitelabs company” faoliyati bilan tanishdi.

    Ushbu ofisda 100 ga yaqin yoshlar yuqori daromadli ish bilan ta’minlangan va yiliga 1 million dollar atrofida exportga erishish reja qilingan.

    Qolaversa, kompaniya turli xil IT-xizmatlari: IT-autsorsing, dasturiy ta’minotni joriy etish, ma’lumotlarni bulutli saqlash, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish bilan shug'ullanib keladi.

    Tashrif davomida vazir kompaniya faoliyati bilan atroflicha tanishib, uning eksport hajmini kengaytirish, yangi startaplarni joriy etish,ko‘proq ishchi o‘rinlari yaratish yuzasidan takliflar berib o'tdi.


    • view_icon 523
    : 2023-05-23 18:00:29