audio

    Jahon banki vakili bilan O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos va Jahon banki ekspertlari oʻrtasida onlayn tarzda uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Muhokama chog‘ida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi ikki tomonlama joriy hamkorlik va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

    Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlashda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va bu borada xalqaro tajribani qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

    Tomonlar, shuningdek, joriy yil sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yillik AKT haftaligi – ICTWEEK UZBEKISTAN doirasidagi hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.


    • view_icon 510