audio

    Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan yaxshi an’anaga ko‘ra, vazir o’zi tamomlagan maktabning “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslariga ko‘ra, bir necha yildan beri so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarida barcha vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqdalar.

    Ushbu an’anaga ko‘ra, bugun, 25-may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘zi tamomlagan maktabning “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

    Dastlab, bitiruvchi yoshlarga va maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrigi” o‘qib eshittirildi. 

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov ham bitiruvchilarga o‘zining tabrigini yo‘llab, 20 nafar yoshlarga Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida be’pul ta’lim olish uchun vaucherlar taqdim etdi. 

    Shu bilan bir qatorda, maktab faxriy o‘qituvchilariga minnatdorlik ramzi sifatida guldastalar topshirildi hamda maktabda raqamli texnologiyalarga o‘qitish sohasida maktabdan tashqari to‘garaklar tashkil etish bo‘yicha rejalar kelishib olindi.

    Raqamli texnologiyalar vazirligi bitiruvchi yoshlarni zamonaviy ta’lim olib, maktabni muvaffaqiyatli tugatib, kasb-hunar o‘rganib, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgani bilan samimiy tabriklaydi!


    • view_icon 544