audio

    SAP kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov SAP kompaniyasining vitse-prezidenti Natalya Panina bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv avvalida kompaniya tomonidan taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot davomida davlat moliyasini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish, raqamli soliq boshqaruvi haqida ma’lumotlar berildi. 

    Shuningdek, uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyotda duch kelinayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. 

    Uchrashuv davomida SAP kompaniyasi ishtirokida kadrlar malakasini yanada oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy etish masalariga to‘xtalib o‘tildi.

    Shuningdek, BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish orqali mahalliy yoshlarni yuqori maoshli ishga joylashtirish, bunda kompaniya ishtirokini bevosita ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

    Shu bilan birga, sanoat sektorini raqamlashtirish, sun’iy intellekt hamda kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 


    • view_icon 712
    : 2024-07-26 17:31:51