Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga Turkiyaning sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida ilg'or "Cloud peer", "Smartmind", "MIA Teknoloji" hamda "Smartict" kompaniyalarining asoschilari va rahbarlari tashrif buyurdi.
Ta'kidlash joizki, mazkur uchrashuvlar "Bilkent CYBERPARK" va Institut bilan hamkorlikda joriy yilning 24-26-iyul kunlari bo'lib o'tgan "O'zbekiston - Turkiya biznes-forumi" doirasida o'tkazildi.
Uchrashuv davomida institut direktori A.Kadirov mehmonlarni amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan kelgusida istiqbolli qo'shma loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish istagini bildirdi.
Tashkil etilgan uchrashuvlar doirasida tomonlar sun'iy intellekt sohasida loyihalarni ishlab chiqish va moliyalashtirish, kadrlar tayyorlash hamda tajriba almashish borasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Tadbir yakunida sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda ma’lumotlar almashinuvi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida Institut va Turkiyaning "MIA teknoloji" kompaniyasi o‘rtasida "Konfidensiallik va shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish to‘g‘risida" kelishuv imzolandi.