audio

    Xorazm viloyatida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi tajribasi bilan tanishildi

    Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning 2023-yilda Xorazmga tashrifi chog‘ida viloyatda umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ITga o‘qitish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriqqa asosan Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan o‘quvchi yoshlarni IT va xorijiy tillarga o‘qitish maqsadida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasiga start berilgan edi.

    Shu maqsadda Xorazm viloyatida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi hamda IT yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlari tanishtirildi.

    Shuningdek, ushbu loyihani boshqa hududlarda kengaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

    Shu bilan birga, hududiy bo‘linmalar rahbarlari o‘quv jarayonlari, viloyatda yangi tashkil etilgan IT Parklar hamda Xorazmda faoliyat yuritayotgan rezident kompaniyalar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

    Ma’lumot uchun: hozirda loyiha doirasida Xorazm viloyatining 12 ta tuman va shaharlarida tashkil etilgan zamonaviy IT Park binolarida 1200 nafar o‘quvchi yoshlar malakali mentorlar tomonidan IT va ingliz tili bo‘yicha ta’lim olmoqda.


    • view_icon 551
    : 2024-08-05 13:23:08