audio

    ZTE Uzbekistan bosh direktori bilan AKT sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, aholini yangi IT resurslar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ZTE Uzbekistan bosh direktori Van Guandun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Unda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda ZTЕ kompaniyasi o‘rtasida bir qator muhim shartnomalar, jumladan, O‘zbekistonda IT sohasi hamda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolangan edi.

    Ushbu shartnomalarning davomi sifatida bugungi uchrashuvda ham O‘zbekistonda qizlarni raqamli texnologiyalar sohasiga kengroq jalb etish va ularning IT-ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, yosh avlod uchun IT sohasida elektron kontent yaratish va rivojlantirish, keng jamoatchilik orasida ommalashtirish, aholining IT-savodxonligini oshirishga qaratilgan yangi resurslar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

    O‘z navbatida, AKT sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning nufuzli xalqaro tanlov va olimpiadalarda ishtirokini rag‘batlantirish va ta’minlash, milliy olimpiada va xakaton musobaqalarini tashkil etish orqali ularning qiziqishlarini oshirish bo‘yicha takliflar berildi. 

    Shuningdek, joriy yil kompaniya vakili 24-27-oktabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “ICTWEEK–2023” AKT tadbirlariga taklif etildi.


    • view_icon 399
    : 2023-06-01 18:54:27