audio

    IT Park eksportchi rezidentlari bilan ularga yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

    Bugun, 10-iyun kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT Park eksportchi rezidentlari bilan ularga yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini qo'llab-quvvatlash bo'yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda IT Parkning 100dan ortiq rezident kompaniyalari, jumladan EXADEL, G-core, EPAM tizimlari va boshqa ko‘plab kompaniyalar, shuningdek, Tehnikum, Najot Ta‘lim, PDP Academy, Alif tech, Bilim tech, Realsoft, Texnopark Al-jabr kabi taʼlim kompaniyalari vakillari qatnashdi. Bundan tashqari, IT Parkning respublikamiz hudularidagi rezidentlari ham onlayn shaklda ishtirok etdi.

    Tadbir avvalida IT Park tomonidan amalga oshirilgan ishlar va uning kelgusidagi rejalari haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, eksport bilan shug‘ullanuvchi va ta‘lim rezidentlari soni yildan yilga o‘sib borayotgani, ularga davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, qabul qilingan farmondagi yangiliklar, shuningdek, 2030-yilgacha Davlatimiz Rahbari tomonidan belgilab berilgan maqsad va vazifalar, yetuk IT mutaxassislarni yetishtirib chiqarish bo‘yicha barcha zarur shart-sharoitlar yaratish va kadrlarga qo‘yilgan talablar to‘g‘risida ma‘lumotlar berilib, taqdimot qilindi. 

    Ochiq muloqotda kompaniyalar vakillari tomonidan savollar berilib, takliflar bildirildi. Barcha takliflar eshitilib, berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Shu bilan birga, kelgusida hamkorlikda amalga oshirish zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

     


    • view_icon 584