audio

    Yoshlar uchun “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tdi

    22-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tdi.

    Bir soatdan ortiq davom etgan mazkur jonli efirda kuzatuvchilar va yoshlardan kelgan barcha savollarga to‘liq javob berib, qo‘shimcha ma’lumotlar berildi. 

    Jumladan, 

    — IT kurslarida o‘qish uchun mening mablag’im yo‘q, davlat tomonidan menga qandaydir kredit ajratiladimi?  

    — Qaysi IT universitetlarda grant asosida o'qish imkoni mavjud?

    Xotin-qizlar uchun IT sohasida qanday imkoniyat va imtiyozlar mavjud? 

    — Dasturlash, grafik dizayn yoki boshqa IT yo'nalishlarida qanday musobaqalar o‘tkaziladi, ularda qatnashish uchun nima qilish kerak? 

    — Qanday holatlarda IT va chet tili sertifikatlariga oid imtihonlarga sarflangan xarajatlarni 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab olish mumkin? — kabi savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berib o‘tildi.

    Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, IT Park bosh direktorining raqamli ta'limni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Mahliyo Muksinova, TATU rektori Baxtiyor Maxkamov, Inha universiteti rektori o‘rinbosari Rustam Kazakov, Amiti universiteti rektori Bobur Abdullaev, IT-Park universiteti rektori Bahodir Ayupov, shuningdek onlayn ravishda Acharya universiteti direktori Vishesh Chandrashekar ishtirok etdi.

    Shuningdek, IT universitet rektorlari bu yilgi o‘quv jarayonlarida bo‘lajak talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, qabul jarayonlari, imtiyozlar, qo‘shma dasturlar bilan tanishtirib o‘tdilar.

     


    • view_icon 966
    : 2023-07-24 13:06:05