audio

    TATU Farg‘ona filialida barpo etilayotgan talabalar turar joy binosi va Axborot-resurs markazi binosi ko‘zdan kechirildi

    Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Farg‘ona viloyatiga xizmat safari davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi.

    Vazir o‘rinbosari davlat xususiy sherikchilik asosida barpo etilayotgan har biri 400 o‘rinli bo‘lgan talabalar turar joyi binosi qurilish ishlari va madaniyat saroyi, talabalar uchun student office joyi bilan yaqindan tanishdi.

    Oliygoh hamda “Mashʼal Plyus” MCHJ hamkorligida barpo etilayotgan talabalar turar joy binosi qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Bino joriy yilning avgust oyiga topshirilishi rejalashtirilgan. Hozirda binoning ichki pardoz, isitish tizimi, xonalar mebellar bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda.

    Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari sharqona uslub va zamonaviy arxitektura uyg‘unligi asosida qurilayotgan yangi Axborot-resurs markazi binosi rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

    Yangi axborot-resurs markaziga 13000 ga yaqin kitob joylashtiriladi. Bundan tashqari kutubxona to‘liq quvvat bilan ishga tushgach kitobxonlar zamonaviy kompyuterlarda 21 mingdan ziyod elektron kitoblarni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 


    • view_icon 594
    : 2023-07-27 11:44:51