Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida “O‘zbektelekom” AKga qarashli Farg‘ona shahrida joylashgan 225-son aloqa uyi binosining 4-qavatli maydonda tashkil etilishi rejalashtirilgan IT-Park Farg‘ona filiali majmuasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
IT Park Farg‘ona filiali majmuasi o‘zida 6 ta konferensiya zali, 80 o‘rinli yotoqxona, 21 ta turli hajmdagi ofis va ish joylari uchun xonalar, 2 ta oshxona va 1 ta bufet, 180 kishilik o‘quv auditoriya, 10 ta katta va kichik hajmli o‘quv xonalari, elektron va an’anaviy axborot resurs markazi, kovorking xonasi, kichik hajmli fitnes zali va elektron qurilmalar savdo do‘konlarini qamrab oladi.
Loyiha Farg‘ona viloyatini O‘zbekistonda IT-Xabga aylantirish, IT-sohasida ta’lim olayotgan yoshlar uchun shart-sharoitlar yaratish, IT kompaniyalar va frilanserlarga ofis hamda ish joylarini tashkil etish, shuningdek xorijdagi IT kompaniyalarni hamkorlikda ishlashga jalb qilish maqsadlari uchun xizmat qiladi.
Vazir Sh. Shermatov IT Park Farg‘ona filiali majmuasi qurilish-ta’mirlash ishlari zamon talablari asosida bajarilishi hamda keyinchalik ushbu majmuada xorijdagi yirik IT kompaniyalarni ofislarini tashkil etish borasida mas’ullarga vazifa hamda topshiriqlar berib o‘tdi.