audio

    Chikagoda AQShdagi o‘zbek diasporasi uchun IT konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

    O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park IT sohasida faoliyat yuritayotgan o‘zbek diasporasining barcha vakillarini 16-avgust kuni 11:00 Chikago shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan bosh direktori Farhod Ibragimov va mamlakat IT-hamjamiyati vakillari ishtirok etadilar.

    Konferensiyaning asosiy maqsadi - O‘zbekistonning IT-autsorsing salohiyatini ommalashtirishdan iborat. Uchrashuvda respublikaning IT sohasidagi yutuqlari va imkoniyatlari, masalan, rivojlangan infratuzilma, iqtidorli mutaxassislar, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va boshqalar taqdim etiladi.

    Ishtirokchilar respublika IT-sohasining investitsiya muhiti hamda O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishlari, o‘z takliflarini bildirishlari, shuningdek, IT-kompaniyalar va IT-mutaxassislar uchun mavjud qoʻllab-quvvatlash dasturlari haqida fikr almashishlari mumkin.

    Konferensiyada ishtirok etmoqchi boʻlgan barcha xohlovchilarni roʻyxatdan oʻtishga taklif qilamiz: https://forms.office.com/r/uRRL1jFjaM


    • view_icon 702
    : 2023-08-04 14:05:20