audio

    Amerika va O‘zbekiston vakillari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi

    Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi (AUCC) ijrochi direktori Yelena Son va mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi bilan hamkorlikda AQSH Hukumati vakillari va IT-kompaniyalari rahbarlari uchun “Davra suhbati” oʻtkazildi.

    Davra suhbati doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov tomonidan Oʻzbekiston IT-xizmatlar va mahsulotlar eksportini 2030-yilga qadar 5 mlrd. dollarga yetkazish, mamlakatdagi IT-mutaxassislar sonini 300 ming nafarga oshirish, Oʻzbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish, Oʻzbekistonda xorijiy IT kompaniyalar uchun yaratilgan imtiyozli soliq tizimi hamda inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan eʼtibor yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazdi.

    Uchrashuv davomida AQSH kompaniyalari tomonidan IT-xabga aylantirish doirasida yaratilgan imtiyozlar, shaxsiy daxlsizlikni va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, venchur kapitalni rivojlantirish, elektron tijorat yoʻnalishi sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar boʻyicha batafsil maʼlumot berish soʻraldi.

    Uchrashuv soʻngida davra suhbati ishtirokchilari Oʻzbekistonni mintaqaviy IT-xabiga aylanish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadilar va BPO va KPO xizmatlarini Oʻzbekistonga autsors qilishga va yangi ish oʻrinlarini birgalikda yaratishda hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirdilar.


    • view_icon 496
    : 2023-08-16 22:37:38