audio

    Buxoro viloyati Olot tumanida vazirlik tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

    Buxoro viloyatining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Olot tumanida aholi vakillari uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 150 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. 

    Sayyor qabulda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Olot tuman hokimligi, Vazirlikning Buxoro viloyati hududiy sho‘basi, “O‘zkomnazorat” Buxoro viloyat hududiy sho’basi hamda tizim tashkilotlarining viloyatdagi bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi.

    Vazirlik faoliyatidan kelib chiqib, aholi vakillari telekommunikatsiya xizmatlari, pochta, televideniya, mobil aloqa hamda raqamli ta’lim yo‘nalishlari bilan bog‘liq savollariga javob olib, yangiliklar bilan tanishdilar.

    Savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda fuqarolar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga daxldor o‘zlarini qiynayotgan muammolar, masalalarni ko‘tarib chiqdilar. Raqamlashtirish sohasi rivoji uchun muhim bo‘lgan bu masalalar qatorida, yurtdoshlarimiz sohani rivojlantirish yuzasidan taklif va istaklarini bildirdilar.

    Mobil aloqa va “O‘zbektelekom” AK ko‘chma savdo shaxobchalari tomonidan sayyor qabulga kelgan fuqarolardan xizmatga ulanish uchun arizalar qabul qilindi va aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal qilib berildi.

    Shuningdek mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan muammo va masalalar yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan soha tizimidagi mas’ul shaxslarga o‘rganib chiqib ularni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.


    • view_icon 63
    : 2024-10-03 19:08:23