audio

    “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni subyektlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    Bugun, 24-avgust kuni O‘zbekiston Respubalikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni subyektlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mita raisi Ilhom Abdullayev, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, «Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi» davlat muassasasi direktorining o'rinbosari Zuhriddin Shadmanov kirish so‘zi va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so‘z yuritdi. 

    Yig‘ilishda elektron tijoratni joriy etish va rivojlanish holatini baholash, shu jumladan, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilish samaradorligini o'rganish, tadbirkorlarni elektron xizmatlardan foydalanish qobilyatini oshirish, elektron tijoratni samarali rivojlantirish uchun amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha ishlar muhokama qilindi. 

    Tadbir so‘ngida kelgusidagi rejali ishlar yuzasidan taklfilar tinglandi.


    • view_icon 348
    : 2023-08-24 20:47:34