Raqamli taxnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
Uchrashuv davomida filialda 2023/2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda yangi o‘quv binosida davlat xususiy sherikchilik asosida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi va u yerda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Qurilish ishlari bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, o‘quv binoda tashkil etilgan talabalarni yotoqxona va ijara xonadonlariga joylashtirishga ko‘maklashuvchi markaz faoliyati hamda hududdagi davlat xususiy sherikchilik asosida qurib topshirilgan talabalar turar joyidagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida vazir mas’ullarga ishlarni samarali olib borish, o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga o‘z vaqtida shay holatga keltirish, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.