audio

    Toshkentda “URBAN.TECH UZBEKISTAN 23” xakaton musobaqasi tashkil etildi

    Joriy yilning 6-8-sentabr kunlari “URBAN.TECH UZBEKISTAN 23” xakaton musobaqasi boʻlib oʻtdi.

    Xakaton Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, INNO Texnopark in Tashkent hamkorligida tashkil etildi.

    URBAN.TECH UZBEKISTAN — ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish boʻyicha har yili oʻtkaziladigan xakaton tanlovidir.

    Xakatonda ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni beruvchi gʻoyalar hakamlar tomonidan koʻrib chiqildi. Tanlov doirasida “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiylari markazi” MChJ xodimlari “TreeDetector” loyihasi bilan ishtirok etishdi. 

    Loyiha hozirda aktual boʻlgan havo ifloslanishining oldini olishga bagʻishlangan. Yechim sifatida daraxtlardan toʻgʻri foydalanish va ularning holatini oʻrganish hamda daraxt tanqisligini oldini olish va ularning sonini koʻpaytirish usullari koʻrsatildi. Gʻoyalar taqdimot koʻrinishida namoyish etildi va taqdimot vaqtida boshqa qatnashchilar bilan gʻoyalar, fikrlar hamda tajribalar almashildi.

    Shuningdek, ushbu xakatonda Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari bir vaqtning o‘zida ikkita yo‘nalish bo‘yicha g‘olib chiqishdi.

    Xakaton 75 ta jamoa, 500 kishidan iborat bo'ldi va 72 soat davom etdi.

    Loyiha taqdimotlari natijalariga koʻra hakamlar xakatonda gʻolib bo'lgan 4 ta jamoani aniqladilar va ulardan 2 tasi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari bo'ldi.

    BAB Brainiacs jamoasi:

    Behzod Shuhratov, Bexruz Abdullaxo'jaev, Botir Sobirov, Azimjon G'aniyev

    Ctrl+C Ctrl+V jamoasi:

    Egambergan Otamuratov, Azizbek Fattoev, Asilbek Fattoev, Mirzoyoqub Rashidov.


    • view_icon 540