audio

    “VEON Group” guruhi bosh ijrochi direktori bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi

    Bugun, 12-sentabr kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “VEON Group” guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    “VEON” kompaniyalari guruhi vakili O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, ayniqsa, IT sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarish va yaratib berilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholab, birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada kengaytirishda davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

    Shu bilan birga, keng polosali internetdan foydalanishni kengaytirish, mobil aloqa tarmog‘ini va boshqa telekommunikatsiya xizmatlarini yaxshilash va modernizatsiya qilish, shuningdek, kelgusidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.


    • view_icon 480
    : 2023-09-12 22:29:37