Joriy yilning 18-sentabr kuni AQSHning Ostin shahrida O‘zbekistonning BPO va IT-autsorsing salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida AQSHdagi IT va BPO korxonalar bilan uchrashuv va davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.
Ushbu tadbir davomida “Cognizant”, “Sutherland”, “World Connection”, “GlobalNowIT”, “Alorica”, “Protel BPO”, “CIVA Technologies”, “iBridge Czech”, “Numeric Technologies, Inc”, “GlowTouch Technologies”, “Improving”, “Prudent Consulting” kabi 25 ta IT va BPO korxonalarni boshqarayotgan raxbarlar bilan fikrlar almashildi.
Jumladan, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekistonning IT va BPO sohasida amalga oshirilayotgan reformalar va yutuqlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bunda, O‘zbekiston IT va BPO sohasida erishilgan muhim yutuqlar, jumladan, infratuzilmani rivojlantirish, texnologik innovatsiyalar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston autsorsing salohiyati, xususan, mamlakatda mavjud bo‘lgan IT, BPO va KPO xizmatlar autsorsingi imkoniyatlari tahlil etildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston IT-sohasining investitsion istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, mamlaning IT va BPO sohasidagi qulay sarmoyaviy muhiti va AQSHdagi IT va BPO korxonalar imkoniyatlardan qanday foyda olishi mumkinligi yo‘llarini muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda Vazirlik va IT-Park tomonidan ishlab chiqilgan yangi tashabbuslar asosida AQSHdagi kompaniyalarni O‘zbekistonga imtiyozli ravishda jalb qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokama davomida AQSHda faoliyat yurituvchi IT-kompaniyalar vakillari mamlakatimizdagi amaldagi soliq qonunchiligi va soliqqa tortish tizimi hamda ular uchun joriy etilgan soliq imtiyozlari, qonun doirasida investitsiya kiritish va faoliyatdan daromad olish, shuningdek, O‘zbekistonning poytaxt va viloyatlar bilan solishtirganda ish haqi imkoniyatlari, ingliz tilida so‘zlashuvchilar soni va mehnat resurslari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning IT-sohasini rivojlantirish bo‘yicha AQSHda faoliyat yurituvchi IT-kompaniyalar vakillari tomonidan bo‘lgan bir qator takliflar taqdim etildi. Xususan, “Cognizant”, “Sutherland”, “World Connection”, “GlobalNowIT”, “Alorica”, “Protel BPO”, “CIVA Technologies” kabi kompaniyalar O‘zbekistoning IT-autsorsing imkoniyatlarini va bozorini organishga kelmoqda va joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “ICTWEEK UZBEKISTAN 2023” AKT haftaligiga faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi taklif etildi.
Shuningdek, “Cognizant”, “World Connection”, “GlobalNowIT”, “Alorica”, “iBridge Czech”, “Numeric Technologies, Inc”, “GlowTouch Technologies”, “Improving”, “Prudent Consulting” korxonalari O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini ta’minlagan holda 150 million AQSH dollar hajmidagi IT-xizmatlar eksportini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etdi.
Natijada, AQSHda IT-autsorsing va BPO xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar xususan, “GlobalNowIT”, “Alorica”, “iBridge Czech”, “Numeric Technologies, Inc”, “GlowTouch Technologies”, “Improving”, “Prudent Consulting” korxonalar O‘zbekistonda rasmiy vakolatxonalarini tashkil etish va ularga IT-Parkning rezidenti maqomini berish orqali O‘zbekistonda IT-xizmatlar eksporti hajmi oshiriladi va 2024-yil yakuniga ko‘ra 1500 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.