Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AIR Media Tech kompaniyasi rahbari Stepan Mihaylov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi “YouTube” platformasi imkoniyatlari va kreativ iqtisodiyot sohasidagi salohiyatli masalalarni muhokama qilishdan iborat edi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash, yangi raqamli yechimlar yaratish va O‘zbekistonda kreativ sanoatni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv avvalida kompaniya faoliyati haqida kengaytirilgan taqdimot o‘tkazildi. Unda kompaniyaning global miqyosdagi tajribasi va “YouTube” platformasidagi kreativ va biznes faoliyatni qanday rivojlantirish borasida muvaffaqiyatli strategiyalar taqdim etildi.
Shuningdek, kompaniya kreativ iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham katta e’tibor berib, raqamli kontent yaratish va tarqatishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish ustida ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda O‘zbekistondagi raqamli texnologiyalar va ijodiy iqtisodiyotning salohiyatini oshirish, shuningdek, platformaning yangi yondashuvlarni o‘rganish, O‘zbekistonda “YouTube” kabi raqamli platformalarni yanada rivojlantirish uchun kerakli huquqiy va texnologik infratuzilma yaratish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, kreativ soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun raqamli xizmatlar yaratish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Raqamli texnologiyalarni sohalariga ham keng joriy qilish O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari va innovatsion loyihalar yaratishga yordam berishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va kreativ iqtisodiyot sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kelajakdagi rejalari haqida fikr almashdilar hamda kelgusida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun aniq qadamlar belgilandi.