audio

    AOKAda Raqamli texnologiyalar vaziri matbuot kotibi ishtirokida brifing tashkil etildi

    Bugun, 3-dekabr kuni AOKAda Raqamli texnologiyalar vaziri matbuot kotibi Sh. Axmatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. 

    Brifing “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining navbatdagi mavsumiga start berilganligi, mahalliy dasturchilarni tayyorlab, yoshlarni zamonaviy kasblarga bepul onlayn kurslar tashkil etilganligiga bag‘ishlandi.

    “Bir million o‘zbek dasturchilari” — O‘zbekistonda mahalliy dasturchilarni tayyorlash loyihasi bo‘lib, loyihada yoshlarni zamonaviy kasblarga bepul onlayn kurslar tashkil etilgan holda o‘qitish maqsad qilingan.

    Davlatimiz rahbari har doim ta’limning mamlakat taraqqiyotidagi hal qiluvchi o‘rni haqida ta’kidlab keladilar. Yurtimizda yoshlarda ta’limga qiziqish oshib bormoqda, ammo asosiy muammo — nima o‘qitish va ayniqsa, uzoq hududlarda kim o‘qitishi kabi masalalarda saqlanib turibdi.

    Mazkur muammoning yechimi sifatida IT yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston va AQSHning Coursera platformasi o‘rtasida hamkorlik olib borilmoqda. Ushbu hamkorlik orqali yurtimizning eng olis qishloqlaridagi yoshlar ham dunyoning yetakchi universitetlari va kompaniyalaridan eng yuqori talabga ega bo‘lgan kurslarni onlayn o‘qish imkoniga ega bo‘lishmoqda. Bu jarayonda yoshlarimizning o‘z maqsadlariga yetishishlari uchun qunt va davomiylik muhim. Kurslarni tamomlab, xalqaro sertifikat imtihonlaridan o‘tish, ularga global mehnat bozoriga yo‘l ochib beradi.

    “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining navbatdagi mavsumiga start berildi. 2024-yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganli ushbu tashabbusning dolzarbligini yanada oshirdi. Hozirda onlayn kurslar Bir million dasturchilar uzbekcoders.uz platformasi orqali yo‘lga qo‘yilmoqda. Raqamli texnologiyalar vazirligi IT sohasida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarga “Coursera” ta’lim platformasida bepul o‘qib xalqaro IT sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi. 2024-yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi ushbu tashabbusning dolzarbligini yanada oshirdi. Raqamli texnologiyalar vazirligi IT sohasida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarga “Coursera” ta’lim platformasida bepul o‘qib xalqaro IT sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi. (Data Science Math Skills, Introduction to User Experience Design, Managing Responsibly: Practicing Sustainability, Responsibility and Ethics, Excel Fundamentals for Data Analysis, Introduction to Generative AI kabi yangi bepul kurslar qo‘shildi.)

    Joriy yilning 29-noyabr sanasidan boshlab uzbekcoders.uz sayti orqali mazkur bepul kurslarida o‘qish imkoniyati yaratildi.

    “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi 2025-2026-yillar rejasida xalqaro IT sertifikatlarni olganlar sonini 1 mln nafarga, professional xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini esa 30 ming nafarga yetkazish belgilangan. Qolaversa, loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan eng yaxshi 2 ta maktabga Prezident sovg‘asi 2 ta elektromobil berilishi ham rejalashtirilgan. Shu bilan birga, loyiha doirasida 14 ta hududda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga 700 ta noutbuk, Top-10 nafar o‘qituvchilar chet-elga sayohat, loyiha doirasida eng yuqori natija ko‘rsatgan 100 ta o‘qituvchiga 10 mln so‘mdan pul mukofoti va Top-3 oliy ta’lim muassasalariga pul mukofotlari berilishi rejalashtirilgan.

    “Coursera” masofaviy ta’lim platformasi bo‘lib, unda dunyoning 300 ga yaqin yetakchi universitetlar (Stanford, Yale, Illinois, Duke, Michigan va boshqalar) va kompaniyalarning (Google, Amazon, Meta, IBM va boshqalar) 8 ta yo‘nalishdagi 12 mingta professional ta’lim resurslari joylashtirilgan. “Coursera” Bu platforma orqali IT'ning turli sohalari bo‘yicha bilim olish va kasbiy mahoratni oshirish mumkin.

    Bir million o‘zbek dasturchisi loyihasi doirasida esa Coursera kurslari imtiyozli narxlarda yoshlarga taqdim etiladi. Kurslar sohaning eng nufuzli ta’lim muassasalari, universitetlari va ustozlari tomonidan ishlab chiqilgan.

    Shuningdek, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikat beriladi. Hozirgacha Coursera platformasining 1 million 400 nafar o‘zbekistonlik tinglovchisi bo‘lib, ularning 50 foizini ayollar tashkil etadi.

    Foydalanuvchilarning 90 foiz qismini esa asosan o‘quvchi va talabalar ulushiga to‘g‘ri keladi. 2024 yilda Courseraning professional IT-sertifikat kurslarida o‘qish ko‘rsatkichi 206 foizga oshgan.

    Joriy yil Coursera o‘zining oltinchi yillik Global Skills hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, “Bir million o‘zbek dasturchilari” (“One million uzbek coders”) loyihasi doirasida amalga oshirilgan islohatlar natijasi o‘laroq, platformada O‘zbekiston mavjud ishchi kuchining ulushida o‘rganuvchilar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Ya’ni, mavjud ishchi kuchini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalar bilan ta’minlashga eng ko‘p sarmoya kiritayotgan mamlakatlar reytingida davlatimiz yetakchi o‘rinda deb qayd etildi.

    Platformadagi foydalanuvchilarning eng ko‘p talabida bo‘layotgan yo‘nalishlar esa dasturlash, Data Science, kompyuter savodxonligi, Grafika va dizayn hamda xorijiy tillarni o‘rganish ekani aniqlandi.

    Yoshlarni IT ta’lim olishga rag‘batlantirish hamda sohada iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlarning yana biri sifatida 31 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning IT sertifikatni olish va o‘qish uchun sarflagan harajatlarini qoplab berish mexanizimining joriy etilganligi deb aytish mumkin. Davlat tomonidan o‘rganuvchilarga 300 ga yaqin xalqaro tan olingan sertifikatlarga xarajat pullari qaytarilmoqda. Shu kungacha 2 mingdan ziyod yoshlarga 4,5 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ qaytarib berilgan.

    2022-yildan boshlab Xalqaro IT sertifikatni qo‘lga kiritgan 14 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga sarflagan xarajatlarining 50% gacha bo‘lgan qismi kompensatsiya shaklida to‘lab berilgan. 2024-yil 17-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 95-son qaroriga muvofiq, endilikda IT sertifikatni olishga bo‘lgan harajatlarining 60% gacha qismini kompensatsiya qilib olish imkoniyati yaratildi. Agar xalqaro IT sertifikatga qo‘shimcha xalqaro til bilish sertifikati bo‘lsa, sarflangan xarajatlarni 100% qaytib olish mumkin.

    Raqamli texnologiyalar sohasidagi ishlarning aksari dunyoning istalgan nuqtasidan ishlashga imkon beradi. Farzandingiz to‘g‘ridan to‘g‘ri uydan turib jahonning yetakchi kompaniyalarida ishlashi mumkin bo‘ladi.

    Bugun mamlakatimizda 10 mingdan ziyod dasturchilar masofadan turib AKT bozoriga xizmat ko‘rsatishmoqda. Ularni rag‘batlantirish tizimi takomillashuvi ortidan 2030-yilgacha bu raqamning 30 mingga yetishi kutilmoqda. 

    Bugungi kunda davlat xizmatchilari orasida ham 2 ming nafari xalqaro darajadagi IT sertifikatlarni qo‘lga kiritgan, buning uchun ularga qo‘shimcha oylik ustama joriy qilingan.

    Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

    Raqamli texnologiyalar vazirligi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan har doim hamkorlikda ishlashga tayyor. Agar ommaviy axborot vositalarida savollar bo‘lsa, Vazirlikning Axborot xizmatiga, yoki 1199 qisqa ishonch raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. 

    E’tiboringiz uchun rahmat!


    • view_icon 275
    : 2024-12-03 15:10:50