audio

    GCore vakillari bilan kompaniyaning O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov GCore jamoatchilik va hukumat bilan aloqalar bo‘yicha global direktori Piter Sodermans hamda GCore bosh menejeri Gleb Grigorian bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda dastlab O‘zbekistonda GCore’ni kengaytirish rejalari haqida qisqacha ma’lumotlar berildi.

    Shuningdek, hamkorlik masalalari, O‘zbekiston hududida GCore bulutli xizmatlarini taqdim etish, kompaniya xizmatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari hamda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

    Ma’lumot uchun: GCore ommaviy bulutli va kompyuterl xizmatlari, kontentni rivojlantirish, xosting va xavfsizlik yechimlari bo‘yicha xalqaro yetakchi hisoblanadi. Kompaniya korporativ darajadagi korxonalarni birinchi darajali bulutga asoslangan xizmatlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan global infratuzilmani boshqaradi.

    Kompaniyaning bosh ofisi Luksemburgda joylashgan bo‘lib, hozirda Vilnyus, Krakov, Belgrad, Nikosiya, Tbilisi, Toshkent, Manila, Seul va Tokioda ofislari mavjud.


    • view_icon 493
    : 2023-09-30 08:22:39