audio

    TATU talabalari CTF tanlovining mutlaq g‘oliblari bo‘lishdi

    Joriy yilning 3 – 4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” dastur doirasidagi “Cyberkent” xalqaro sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan CTF tanlovining barcha yuqori o‘rinlarini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari qo‘lga kiritishdi.

    Chempionlar bilan tanishing:

    1. Umurzoqov Quvonchbek

    2. Gilmanov Nurgali

    3. Ismoilov Iqboljon

    Natijada ular CTF tanlov go‘liblari uchun ajratilgan quyidagi pul mukofotlariga ega bo‘lishdi:

    1-o‘rin uchun 6 mln so‘m

    2-o‘rin uchun 4 mln so‘m

    3-o‘rin uchun 2 mln so‘m

    Shuningdek, hududlardan kelgan 10 ta jamoa orasida ham TATU talabalari jamoalar o‘rtasida eng yuqori o‘rinni egallashdi.

    Barcha talabalarni g‘alaba bilan yana bir bor tabriklaymiz.

     


    • view_icon 645
    : 2023-10-06 18:59:23