audio

    Raqamlashtirish vaziri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga yangi tayinlangan elchisi Timoti Smart bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekistonda raqamlashtirish, telekommunikatsiya sohalarida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi. 

    Shuningdek, IT-ta’lim, IT-xizmatlar eksporti sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi. 

    Shu bilan birga, O‘zbekistonda IT sohasida yaratilgan sharoitlar, xorijiy kompaniyalar uchun berilgan imkoniyatlar, IT viza va boshqa imtiyozlar haqida tushuntirishlar berildi. 

    Bundan tashqari, Britaniya elchixonasi orqali hamkorlikda xorijiy yetakchi IT kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ular bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, BPO xizmatlar yo‘nalishida birgalikda ishlash masalariga alohida e’tibor qaratildi.


    • view_icon 580
    : 2023-10-12 18:33:28