Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yevropa Komissiyasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh direktorining katta maslahatchisi Henrik Xololey hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Maqsad – Yevrokomissiya tashabbusi bilan 2024-yil 29–30-yanvar kunlari Belgiya shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo investorlari konferensiyasi”ga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ishlab chiqish hamda “transport koridorlari” va boshqa mavzularni muhokama qilishdan iborat.
Uchrashuv davomida Yevrokomissiya vakili O‘zbekistonda IT sohasiga qaratilayotgan e’tibor hamda yaratilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.
O‘z navbatida, uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda mamlakatimizni IT-xab’ga aylantirishda amalga oshirilayotgan ishlar, qator yutuqlar va kelgusidagi rejalar borasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro fikr almashdi.