audio

    Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda xorijiy tashkilotlar o‘rtasida Anglashuv Memorandumlari imzolandi

    “ICTWEEK Uzbekistan – 2023” AKT haftaligi doirasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda “Technocorp” o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Anglashuv Memorandumi imzolandi.

    Memorandum doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash bo‘yicha hamkorlik qilinadi.

    Haftalik doirasida, shuningdek, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markaziga Belarus Respublikasining “Servislashtirish va reinjiniring agentligi” OAJ vakillari tashrif buyurishdi.

    Uchrashuvda raqamli hukumat, xususan, elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish, axborot tizimlarini joriy qilish borasida oʻzaro tajriba almashish, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda Belarusning Servislashtirish va reinjiniring agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Anglashuv Memorandumi imzolandi.


    • view_icon 703
    : 2023-10-30 12:00:09