audio

    Vazirlik delegatsiyasi vakillari Koreya Xalqaro Hamkorlik agentligi Bosh ofisining Yevrosiyo boshqarmasi boshlig‘i bilan uchrashdi

    Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari Koreya Respublikasida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) Bosh ofisining Yevrosiyo boshqarmasi boshlig‘i Chun Jiheh bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Unda KOICA bilan o‘zaro hamkorlik va ustuvor loyihalar muhokama qilindi. 

    Shuningdek, uchrashuv davomida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq IT ta’limni rivojlantirish bo‘yicha taqdim etilgan loyiha konsepsiyasi va uning amalga oshirilishi KOICAning O‘zbekistonda ustuvor hamkorlik yo‘nalishlaridan bo‘lgan raqamli texnologiyalar va ta’lim yo'nalishlariga to‘liq mosligi hamda ular ustuvor loyihalar sirasiga kirishi ta’kidlandi. 

    Chun Jiheh Raqamli texnologiyalar vazirligiga IT sohasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirishdagi faol ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi.


    • view_icon 442
    : 2023-11-08 16:43:31