Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Mobiuz mobil aloqa operatorining Termiz shahridagi xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, u yerda mijozlar uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.
Mobil aloqa operatori tomonidan bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 262 ta obyektlarda 1058 ta mobil aloqa baza stansiyalari ishga tushirilgan bo‘lib, viloyatdagi 350 mingdan oshiq mijozlarga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
Vazir bu yerda yaqinda joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish xizmati (MNP) faoliyati bilan qiziqdi. Vazir mazkur xizmat mobil aloqa operatorlari o‘rtasida raqobatni rivjlantirishga hamda aloqa operatorlari tomonidan xizmat sifatini yaxshilashga mas’uliyat bilan yondoshishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shu bilan birga, viloyatning olis hududlarida yashovchi aholi uchun ham xizmat sifatlarini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.