O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati Shirin tumanida “IT Voise” masofaviy xizmatlar eksporti (BPO) markazi tashkil etildi.
Ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirni viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev tabrik so‘zi bilan ochib berdi va markaz rahbarlariga IT Park rezidenti guvohnomasini topshirdi.
Yangi markazni tashkil etishdan maqsad – viloyat yoshlarini ish bilan ta’minlash, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish va IT xizmatlar eksportini oshirishdan iborat. Marosim doirasida o‘tgan uchrashuv davomida markaz faoliyati va istiqbolli rejalari kelishib olindi. Shuningdek, kelajakda mana shunday markazlarni viloyatdagi tuman va shaharlarda ham tashkil etish taklifi ilgari surildi.
Hozirda bu yerda 30 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlagan bo‘lsa, kelgusida ularni sonini 60 nafardan oshirish rejalashtirilgan.