audio

    “GDG DevFest Tashkent 2023” — global dasturchilar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 25-noyabr kuni IT ta’lim uyushmasi hamda GDG (Google Developers group) tomonidan Xalqaro statusga ega bo‘lgan nufuzli “GDG DEVFEST Tashkent 2023” — Global dasturchilar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, “Google” kompaniyasining xalqaro nufuzga ega ekspertlari – Mark MakDonald va Martin Goerner, “Outtalent” kompaniyasidan Tilek Mamutov va shu kabi boshqa xalqaro ma’ruzachilar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi. 

    Mazkur tadbirda “Google” kompaniyasining zamonaviy IT texnologiyalari va dasturiy mahsulotlari bo‘yicha suhbatlar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar ketma-ketligi taqdim etildi. Tadbir davomida mahalliy dasturchilar yangi ko‘nikmalarni o‘rganishdi va boshqa dasturchilar bilan aloqa o‘rnatishlari uchun uchrashuvlar hamda qiziqarli xakatonlar ham tashkil etildi.

    Shuningdek, “Google” kompaniyasi tomonidan ishtirokchilarga “Google” dasturlash vositalari hamda resurslariga kirish va foydalanish imkoni taqdim etildi.

    “GDG DevFest Tashkent 2023” tadbirida 1000 dan ziyod yosh dasturchilar va IT sohasiga qiziquvchilar qatnashdi.


    • view_icon 277