audio

    Ozarbayjon Raqamli rivojlanish va transport vaziri bilan o‘zaro aloqalarni yanada jadallashtirishga kelishib olindi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “InMerge” innovatsion sammiti doirasida Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasida AKT sohasida hamkorlik aloqalari holati va hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

    Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida elektron hukumat, telekommunikatsiya, kosmos, elektron hujjat almashinuvi va raqamlashtirish orqali savdo aloqalarini yanada jadallashtirishga kelishib olindi. 

    Shu maqsadda ikki Vazirlik mutasaddi vakillari o‘rtasida ishchi guruh tuzildi va ishchi guruhga chuqur tahlillar asosida Vazirliklar o‘rtasida Yo‘l xaritasini ishlab chiqish va tasdiqlash belgilandi.


    • view_icon 274