audio

    Oʻzbekistonda oʻyinlar yaratish va oʻyin sanoatini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan kompaniya direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov “EAST GAMES” MCHJ direktori Anatoliy Soy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda joriy yilning 20-dekabr kuni Davlat rahbarining IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davomida belgilab bergan ustuvor vazifalari hamda kelgusida IT korxonalar uchun taqdim etiladigan imtiyozlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 

    O‘z navbatida, xorijiy korxonalarni O‘zbekistonga jalb qilish, yoshlarning malakasini oshirish, IT xizmatlar eksportini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

    Shuningdek, Prezident videoselektor yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 50 dan ortiq IT mutaxassisini ishli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi ish haqi xarajatini 15 foizgacha qismi qoplab berilishi, eksportchi korxonalarga chetdan ekspert jalb qilish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinishi aytib o‘tildi.

    Shu bilan birga, Oʻzbekistonda oʻyinlar yaratish va oʻyin sanoatini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.


    • view_icon 811
    : 2023-12-28 12:12:53