audio

    Huawei Tech4Good global tanlovida o‘zbekistonlik talabalar Silver Awardni qo‘lga kiritdi va People’s Choice Award ovoz berish jarayonida “tomoshabinlar tanlovi” deb topildi

    Joriy yilning 11-yanvar Huawei “Seeds for the Future 2023” taʼlim dasturi doirasida oʻtkazilgan Tech4Good global tanlovida oʻzbekistonlik sakkiz nafar talaba Silver Award mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Tanlovda Jazoir, Singapur, Italiya, Chili, BAA, Kolumbiya, Germaniya, Braziliya va Namibiyadan toʻqqizta jamoa bilan bir qatorda Oʻzbekistonlik jamoa ham ishtirok etdi.

    Loyihada Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti va Yangi O‘zbekiston universiteti talabalari sovrinli o‘rinni egallashdi. Tanlovda Namibiya, Germaniya va Braziliyadan kelgan talabalar ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

    Tanlovning nufuzli hakamlar hay’atiga taqdim etilgan “Aquatibia” loyihasi qishloq xo‘jaligi uchun raqamli yechimlardan foydalangan holda suv va tuproqdagi tuz va og‘ir metallarni kamaytirish uchun lignin asosidagi innovatsion filtrga ega bo‘lgan integratsiyalashgan suv filtrlash tizimidir. Mazkur tizimni ishlab chiqish va joriy etish orqali chiqindilarning minimal darajasiga erishish, ocharchilikni bartaraf etish (BRM2) va toza suv va sanitariya (BRM6) kabi muhim barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishga qaratilgan.

    Tech4Good 2023 tanlovi O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun bir necha bosqichda o‘tkazildi. Birinchi tanlov 2023-yil sentabr oyida Qatar poytaxti Doha shahrida mintaqaviy darajada bo’lib o’tgan, har yili o’tkaziluvchi Seeds for the Future ta’lim dasturi davomida amalga oshirildi va unda O‘zbekistonlik o‘n besh nafar talaba ishtirok etdi. BAAning Dubay shahrida akseleratsiya dasturi ko‘rinishidagi ikkinchi bosqich bo‘lib o‘tdi va unda o‘zbekistonlik talabalar Tech4Good mintaqaviy chempioni bo‘lishdi. Mintaqaviy bosqich natijalariga ko‘ra, “Techno Mind” jamoasi 2023-yil dekabr oyida BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Seeds Tour va COP-28 tadbirlarida ishtirok etish uchun taklif qilindi va u yerda “Talent & Green Summit”da o‘z loyihasini taqdim etdi. Global bosqich g'oliblari sifatida talabalar bu yil Startup Sprintda ishtirok etish va biznes ko'nikmalarini oshirish uchun Xitoyga tashrif buyuradilar.

    Tech4Good – Seeds for the Future flagman ta'lim dasturi doirasidagi tanlov bo‘lib, ilk marta 2021-yilda talabalarni raqamli texnologiyalar orqali ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishga jalb qilish hamda startap g‘oyasini tijorat uchun foydali loyihaga aylantirish maqsadida o'tkazilgan.

    Seeds for the Future – kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab AKT iste’dodlarini rivojlantirishga qaratilgan korporativ ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha flagman ta’lim dasturi hisoblandi. Loyiha 2008-yildan buyon butun dunyo bo‘ylab amalga oshirilib kelinmoqda.


    • view_icon 438