audio

    Vision Invest va ACWA Power kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Saudiya Arabistonining Vision Invest va ACWA Power kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi, O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashi hamraisi Muhammad Abdulloh Abunayyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

    Dastlab, mehmonlarga raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, IT Parkda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Uzinfocom faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. 

    Shundan so‘ng bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Vision Invest va ACWA Power kompaniyalarining Direktorlar kengashi raisi Muhammad Abunayyan uchrashuv tashkillashtirganligi uchun minnatdorlik bildirib, Vision Invest kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

    Muzokaralar davomida Vision Invest va Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish, IT autsorsing xizmatlarlarini amalga oshirilishi bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.


    • view_icon 731