audio

    Vazir Urganch shahridagi masofaviy xizmatlar markazi bilan tanishib, IT xizmatlar eksportini oshirish bo‘yicha takliflarini berdi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Urganch shahrida tashkil etilgan “Next level group” masofaviy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishdi.

    Tashrif davomida markaz faoliyati va unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, u yerda yoshlar uchun munosib ish o‘rinlari yaratish, viloyatda IT eksport hajmini oshirish bo‘yicha takliflar berildi.  

    “Next level group” tizimida “Next level” va “FlagmenMI” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyat yuritadi.

    “Next level group” Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa mamlakatlariga (Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya) tashqi xizmat ko‘rsatuvchi provayder sifatida ma’lum biznes funksiyalari va jarayonlari, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va raqamli identifikatsiyasini yaratish bo‘yicha shartnoma asosida masofadan turib xizmat ko‘rsatadi.


    • view_icon 273