Mazkur tadbir Yaqin Sharq mamlakatlari ichida birinchi marta Qatarda tashkil etildi.
Sammitda 12 mingdan ortiq ishtirokchi, 600 dan ortiq yirik startaplar, 500 dan ortiq investorlar va 200 ta spikerlar qatnashdi. “Web Summit Qatar – 2024” Qatarda yilning eng yirik tadbiri sifatida eʼtirof etildi. Tadbirda texnologiya va innovatsiyalar sohalaridagi soʻnggi tendensiyalar namoyish etilmoqda.
Unda Amazon, TikTok, Meta, Alibaba, Udacity, EY, Goldman Sachs, HSBC, Forbes, Government of Qatar, Qatar Investment Authority, Invest Qatar, Qatar Foundation, Qatar University, Terminus Technologies, 500 Global, Golden Gates Ventures kabi yirik kompaniyalar ishtirok etmoqda.
Maʼlumot uchun: “Web Summit” ilk marotaba 2015-yilning noyabrida Dublin shahrida (Irlandiya) oʻtkazilgan boʻlib, eng yirik global texnologik sammit sifatida tan olingan.
Mazkur tadbir har yili dunyoning yetkachi kompaniyalari, investorlari, ekspertlari va yangi texnologiya yaratuvchilarini hamda startap loyihalar mualliflarini yigʻib, ularga sarmoyadorlarni jalb qiluvchi platforma vazifasini bajarib kelmoqda.
Tadbirda Qatar Davlati amiri topshirigʻiga muvofiq Qatar Investitsiya agentligi mahalliy va chet el texnologik va innovatsion startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 1 mlrd dollar sarmoya kiritishni reja qilganligi ma’lum qilindi.